Sifatlash badiiy nasrning muhim vositasi (Odil Yoqubov asarlari misolida)
PDF
DOI

Keywords

adiiy matn
sifatlash
tasviriylikni ta’minlovchi vositalar
leksik vositalar
lingvopoetik tahlil
badiiy nutq
badiiy individual sifatlashlar
obrazli idrok etish

How to Cite

ERGASHEVA , D. (2025). Sifatlash badiiy nasrning muhim vositasi (Odil Yoqubov asarlari misolida). Journal of Research and Development, 2(11), 84–89. Retrieved from https://imfaktor.com/tjrd/article/view/1989

Abstract

Mazkur maqolada badiiy nasrning muhim tasviriy vositalaridan biri bo‘lgan sifatlashlar orqali Odil Yoqubov o‘z qahramonlarining xarakter xususiyatlari hamda ularga xos ruhiy kechinmalarni yoritishda til vositalaridan foydalanish mahorati lingvopoetik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Sifatlashlarning badiiy nutqqa xos umumuslubiy vosita sifatidagi o‘rni va ularning badiiy nutqning barcha turlarida qo‘llanish xususiyati yozuvchi asarlaridan olingan matnlar asosida yoritib berilgan. Maqolada sifatlashlarning obrazlilik darajasi, emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlikning kuchliligi bilan aniqlovchilardan farqlanishi, shuningdek, badiiy matnda ijodkorlar tomonidan qahramonlarning ruhiy holati va xarakterini tasvirlashda samarali qo‘llanishi haqida fikr yuritilgan. Odil Yoqubov asarlarida uchraydigan “mudhish o‘y”, “mudhish qo‘rquv”, “ma’yus yuz”, “ma’yus chehra”, “tizginsiz iztirob”, “mas’ud damlar”, “tizginsiz bir dard”, “mungli ovoz”, “o‘ychan nigoh”, “so‘lgin yuz”, “g‘am-anduhga to‘la ovoz”, “sovuq muomala”, “kinoyali tabassum” kabi sifatlashlarning lingvopoetik tahlili keng yoritilgan.

PDF
DOI

References

Рубайло А.Т. Художественные средства языка. – Москва, 1961. – С. 46.

Муқаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. – Б. 15–16.

Қўнғуров Р. Субъектив баҳо формаларининг семантик ва стилистик хусусиятлари. – Тошкент: Фан, 1980. – Б. 27.

Кожина М.И. Стилистика русского языка. – С. 97.

Умурқулов Б. Ўзбек бадиий насрининг лингво-услубий шаклланиш асослари: филол. фан. докт. дисс. – Тошкент, 2020. – Б. 271.

Долинин К.А. Интерпретация текста. – Москва, 1985. – С. 221.

Эрназарова И. Муаллиф сўз ижодкорлигининг лисоний-когнитив таҳлили: филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. – Самарқанд, 2022. – Б. 14.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.