LOYIHA BOSHQARUVIDA HAMKORLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ORQALI TAKOMILLASHTIRISH
PDF

How to Cite

OCHILOV, H. (2024). LOYIHA BOSHQARUVIDA HAMKORLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ORQALI TAKOMILLASHTIRISH. Journal of Research and Development, 1(10), 62–67. Retrieved from https://imfaktor.com/tjrd/article/view/1543

Abstract

Loyihalarni boshqarishda hamkorlar bilan ishlarni samarali tashkil etish hamda ushbu mexanizmlarni zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish orqali takomillashtirish bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalarning  natijadorligini ta’minlashda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Loyihalarni boshqarishda hamkorlar bilan ishlash jarayoni muhim va ko‘p qirrali jarayon hisoblanadi. O‘zaro ishonch, ochiqlik, samarali aloqa va resurslarni boshqarish, hamkorlar o‘rtasidagi muvaffaqiyatli munosabatlarni ta’minlaydi. Bu jihatlarni inobatga olish loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar
va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangi yaratiladigan “Uz-projects” axborot tizimi ham mamlakatimizda raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomi hisoblanadi. Ushbu tizim tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy va xorijiy hamkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy loyihalar, ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlar loyiha komponentlari hamda hamkor loyihalar tomonidan ayni bir yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish imkoniyatini beradigan axborot tizimi hisoblanadi.

“Uz-projects” axborot tizimi orqali O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy loyihalarda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan ishlarni tashkil etish raqamlashtiriladi va takomillashadi hamda ma’lumot almashish muddati qisqaradi.

PDF

References

https://lex.uz/docs/5030957, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi ““Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni;

Harold Kerzner, “Project Management: A Systems Approach to Planning, Scheduling, and Controlling”;

Project Management Institute (PMI), “A Guide to the Project Management Body of Knowledge (PMBOK® Guide)”;

Eric Verzuh, “The Fast Forward MBA in Project Management”

Jeff Sutherland, “Scrum: The Art of Doing Twice the Work in Half the Time”;

Office of Government Commerce, “Managing Successful Projects with PRINCE2”.