Abstract
Ma’lumki, estrada san’ati, keng ma’noda ko‘ngilochar, ommabop adabiy-badiiy musiqiy janrlar hamda shakllarning umumiy ifodasini anglatsa, tor ma’noda, sahnaviy professional san’at turi sanaladi. Mazkur so‘z ba’zi mamlakatlar, jumladan, Angliyada “myuzikxoll”, Fransiyada “varete, kafeshantan, kabare”, AQSHda esa, “shou, revyu” kabi atamalar bilan yuritiladi. Estradaning kelib chiqishi xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, u muayyan darajada tijorat-ommabop san’at turi sifatida XIX asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiy-madaniy muhitida yuzaga kelgan
References
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. O‘ME Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent, 2004, 233-bet “Estrada” maqolasi.
Ahmadjonov A. O‘zbekistonda estrada va milliy estradaning shakllanishi. www. Orient uz. 2002.