Abstract
Mazkur maqolada biz Alisher Navoiyning barcha asarlari uchun mushtarak bo‘lgan asl g‘oyani, ya’ni Navoiyning badiiy ijoddan ko‘zlagan asosiy maqsadini yoritishga urindik. Adibning barcha asarlarida yaxlit bir g‘oya mavjud: bu insonning Yaratgan tomon ma’naviy komillik sifatlari bilan ko‘tarilib borishidir. Shoirning eng kichik asarlaridan tortib to ulug‘vor “Xamsa”sining mohiyatida ham yagona shu g‘oya talqiniga qayta-qayta duch kelaveramiz. Qolgan barcha go‘zal fazilatlar tarannumi shu umumiy maslakning rivoji, anglanishi uchun xizmat qiladi. Badiiy adabiyotning maqsadi komil insonni tarbiyalash ekanligini hisobga olsak, komil inson tarannumi sharq mumtoz adabiyotida adabiy an’anaga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Nazarimizda Alisher Navoiy asarlarining har birida komil inson g‘oyasi tarannumi bor. Alisher Navoiyning badiiy ijoddan ko‘zlagan maqsadi, timsollarning harakat strategiyasi, sujetning takomillashib borishi, xullas, adib asarlaridagi har bir element insondagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qilishiga shak-shubha yo‘q.
References
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami, 20 jildlik, 8-jild. T:, 1991
Alisher Navoiy asarlari lug‘ati. Tuzuvchilar: Shamsiyev P., Ibrohimov S.1973
Алишер Навоий. Ғазаллар, шарҳлар. «Камалак», Тошкент. 1991 и., 101-б. []
Абдуллаев В. Узбек адабиёти тарихи. - Тошкент: Укитувчи, 1964
Маллаев Н.Ўзбек адабиёти тарихи/[Матн]:Тошкент:Kafolat print company.2021.
Муҳиддинов М. Комил инсон – адабиёт идеали – Т.: Маънавият, 2005.
Ойбек М.Т. Мукаммал асарлар тўплами 19 томлик: 13-том. – Тошкент: Фан, 1979.
Qayumov A. Asarlar, 3-jild, Toshkent:,Mumtoz so‘z, 2009
Qayumov A. Alisher Navoiy, T:, 1991.
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent: Akademnashr.2010
Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik/darslik.- Т.: “Tamaddun”, 2019.
Vohidov R, Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyot tarixi. Toshkent: “O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti”, 2006.