JAHON TILSHUNOSLIGIDA “SUV” LEKSEMASINING O‘RGANILISHI
PDF
DOI

How to Cite

HAYITOVA, M. (2024). JAHON TILSHUNOSLIGIDA “SUV” LEKSEMASINING O‘RGANILISHI. Journal of Research and Innovations, 2(3), 18–24. Retrieved from https://imfaktor.com/jorai/article/view/1139

Abstract

XX–XXI asrlar tilshunosligi tildagi inson omilini o‘rganishga bo‘lgan katta qiziqish bilan tavsiflanadi, bu esa lingvistik tadqiqotlar ilmiy paradigmasining o‘zgarishiga olib keldi. Bu yangi ilmiy paradigma til tizimini antroposentrik nuqtayi nazardan keng masshtabda tahlil etilishiga katta yo‘l ochdi. XX asrning so‘nggi choragida yuzaga kelgan antroposentrik paradigma tilshunoslikda tub burilish sifatida baholanib, bu borada ko‘plab tadqiqotlar yaratilmoqda.  Tilda mavjud bo‘lgan har bir til birligi faqat bir nuqtayi nazardan – inson tafakkuri nuqtayi nazaridan tadqiq qilinmoqda.

Zamonaviy tilshunoslikda yangi nazariyaning paydo bo‘lishi til egasi – so‘zlovchi shaxs omilini tadqiq etish bilan uzviy aloqadordir. Tilshunoslikda antroposentrik burilishning yuzaga kelishi strukturalizmning tilni tadqiq etishning “o‘zida va o‘zi uchun” tamoyilini chetga surib, asosiy e’tiborni shaxs omiliga qaratdi. Endilikda tildagi har bir birlik, har bir hodisa faqat inson omili nuqtayi nazaridan tahlil etila boshlandi.

PDF
DOI

References

Жабборов Х. Ўзбек тилида сув лексемасининг луғавий маъновий хусусиятлари. – Қарши, 2006. – Б.7.

Бирней М. Мир воды в прозе И.Бунина (Лингвокогнитивный анализ). – Вильнюс, 2016. Докторская диссертация гуманитарние науки филология, (04 Н). – C. 31-35.

Aсадова M. Cравнительный структурно-семантический и этимологический анализ географических терминов в таджикском и английском языках. – Душанбе, 2020. Диссертация на соискание ученой степени кандидата филологических наук. Стр. 41.

Каримов Ш. Лингвистические особенности экологической терминологии в таджикском и английском языках. Диссертация на соискание ученой степени доктора филологических наук. – Душанбе, 2020.

Худайберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. Монография. – Тошкент: Фан. 2013. – Б.3

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.