Abstract
An’anaviy ijrochilikda xonandalar ijro etgan ashulalarning tinglovchilar ruhiyatiga har tomonlama hissiy ta’siri juda kattadir. Bunga sabab, ohangning so‘zlar bilan bevosita bog‘liqligi va xonandaning ijro uslubidir. Shuning uchun ham xonanda-ijrochi o‘zining ichki his tuyg‘ularini tinglovchilarga izhor qilishi uchun ijrochilik qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Mazkur maqolada maqom ta’limida xonandalar ovozini tarbiyalash masalasi pedagogik muammo sifatida yoritilgan bo‘lib, ovozni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib boriladigan boshlang‘ich darslarning mazmuni, ovozni yo‘lga qo‘yish qoidalari hamda o‘qituvchiga qo‘yilgan metodik talablar xususida fikr yuritilgan.
References
Xonandalik san’ati. Jahon va o‘zbek milliy an’analari. – T.: San’at, 2009. – 248 b.
Ayxodjaeva Sh.I. Maqom taronalari (janr xususiyatlari, ijro an’-analari). Nomzodlik dissertatsiyasi. – T.: 2007. SITI. M (m) A-11. №1023. – 150 bet.
Hamidov H. O‘zbek an’anaviy qo‘shiqchilik madaniyati tarixi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 56 b.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.